MAMLAKATIMIZ INNOVATSION SALOHIYATI HOLATI TAHLILI VA UNDAN FOYDALANISH DARAJASINI BAHOLASH USLUBIYATI

Authors

  • Olimova Nodira Xamrakulovna i.f.n., professor, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O'zbekiston
  • Soliyev Muhammadjon Maxmutaliyevich талаба, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O'zbekiston

Abstract

Davlatning innovatsion salohiyati bugungi kunda uning jahon miqyosidagi raqobatbardoshligi va texnologik yetakchiligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Innovatsion salohiyat deganda, milliy iqtisodiyotning turli ilmiy-texnika ixtirolar, yangi ishlanmalar, innovatsion mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish qobiliyati tushuniladi. Innovatsion faoliyatni olib borish uchun zarur bo‘lgan moddiy, mehnat, ilmiy-texnika, ijtimoiy, huquqiy, axborot resurslar va shart-sharoitlar yig‘indisi davlatning innovatsion salohiyatini tashkil etadi.

Zamonaviy rivojlanish bosqichida bu kabi vazifalarni hal etishni innovatsion faoliyatni jonlantirishga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Innovatsiyalarni rivojlantirishda asosiy rol fundamental tadqiqotlar olib boradigan, mutaxassislar tayyorlaydigan, ilmiy hamkorlik va almashinuv uchun shart-sharoitlarni ta'minlovchi, yangi kompaniyalarning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan universitetlarga tegishlidir. Ilmiy innovatsiyalarda, fundamental tadqiqotlar va ilmiy ta'limini davlat tomonidan moliyalashtiradigan mamlakatlar muvaffaqiyatga erishadi.

Published

2025-03-24

How to Cite

Olimova Nodira Xamrakulovna, & Soliyev Muhammadjon Maxmutaliyevich. (2025). MAMLAKATIMIZ INNOVATSION SALOHIYATI HOLATI TAHLILI VA UNDAN FOYDALANISH DARAJASINI BAHOLASH USLUBIYATI. World Scientific Reports, (9). Retrieved from https://ojs.publisher.agency/index.php/WSR/article/view/5561

Issue

Section

Economic Sciences