OʻZBEK VA INGILIZ TILLARIDA NUTQ MADANIYATI

Authors

  • Ibragimov Sohibxon Temirovich Oriental universiteti LINGVISTIKA (INGLIZ TILI) mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich talabasi. Toshkent, O‘zbekiston

Abstract

Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshunosligida umumiy maʼnoda «til madaniyati» termini ham qoʻllanadi.

1-maʼnodagi «Nutq madaniyati» tushunchasi  adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan «ideal» yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifodalisini tanlab olish mahoratidir (Mas., aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan birining adabiy meʼyor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi.

Published

2024-10-20

How to Cite

Ibragimov Sohibxon Temirovich. (2024). OʻZBEK VA INGILIZ TILLARIDA NUTQ MADANIYATI. Research Retrieval and Academic Letters, (7). Retrieved from https://ojs.publisher.agency/index.php/RRAL/article/view/4425